Ortiqxo‘jayevning ketmoni uchmoqda. Olmazorda “Ekobozor” quriladi

Jamiyat

image

Olmazor tumanidagi “Olmazor biznes siti”da bu yil 1 ming 200 kvartirali 8 ta ko‘p qavatli uy, keyingi yilda 1 ming 100 kvartirali 8 ta ko‘p qavatli uy, yangi maktab, bolalar bog‘chasi, yirik savdo majmuasi va boshqa ob’ektlar foydalanishga topshiriladi. 500 kvartirali 30 qavatli uyni 2022 yil birinchi chorakda topshirish kerak. Bu haqda Prezident Shavkat Mirziyoyevning Olmazor tumaniga tashrifida so‘z bordi. 

Qayd etilishicha, “Agregat” zavodini Chirchiqqa ko‘chirgan holda, uning hududida Olmazor aholisi uchun 12-14-16 qavatli arzon uylar qurish lozim. O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari –  Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vaziri Jamshid Qo‘chqorovga Toshkent shahar hokimiyatiga shu maqsadga kerakli aylanma mablag‘ uchun resurs ajratishi yuzasidan topshiriq berildi.  

“Fevral oyidagi selektorda bergan topshirig‘imga muvofiq, Ortiqxo‘jayev, Sherzod Xidoyatov bir oy muddatda, tumanda kamida 4 - 5 qavatli savdo-ko‘ngilochar markazlarini tashkil etish bo‘yicha aniq takliflarni taqdimot qilsin”, deydi davlat rahbari.

Prezident topshirig‘iga binoan, Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev, Olmazor tumani hokimi Baxtiyor Rahmonov joriy yilda “Qoraqamish-1” ko‘chasidagi eski dehqon bozori negizida “Ekobozor” va avtoturargoh majmuasini qurish va ishga tushirishni ta’minlashi kerak. 

Shuni alohida ta’kidlash o‘rinliki, “Olmazor biznes siti” Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayevning biznes loyihasi sanaladi. Hududda hozirgacha bir necha qimmatbaho uylar qad rostladi. Avvaliga ushbu loyiha Ortiqxo‘jayevga tegishliligi yashirildi. Shuningdek, “Ekobozor” ham Ortiqxo‘jayevning biznes loyihalaridan biri. 


Maqola muallifi

Teglar

Jahongir Ortiqxo'jaev Olmazor tumani Olmazor biznes siti olmazor business city

Baholaganlar

525

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing