Ortiqxo‘jayev yana bir tashkilotga rahbar bo‘ldi

Jamiyat

image

Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev O‘zbekiston yoga federatsiyasi raisi lavozimiga ham tayinlangan. Bu haqda poytaxt hokimligi Matbuot xizmati xabar bergan.

Kecha, 9 dekabr kuni Toshkentda O‘zbekiston yoga federatsiyasi bosh ofisi ochildi. 

“Tadbirning ochilish marosimida so‘zga chiqqan Toshkent shahar hokimi, O‘zbekiston yoga federatsiyasi raisi Jahongir Ortiqxo‘jayev ushbu yangi bino bilan barchani, ayniqsa, yoga bilan shug‘ullanib kelayotganlarni tabrikladi”, deyiladi xabarda.

Ochilish marosimida Adliya, Tashqi ishlar, Sog‘liqni saqlash, Jismoniy tarbiya va sport vazirliklari, shuningdek Milliy olimpiya qo‘mitasi, O‘zbekiston musulmonlari idorasi, Hindistonning O‘zbekistondagi elchixonasi va Toshkentdagi Hindiston madaniyat markazi vakillari ishtirok etdilar.

Marosimda “2020-2024 yillarda Yoga federatsiyasini rivojlantirish dasturi” tasdiqlangani hamda uning ijrosi yuzasidan tizimli ishlar yo‘lga qo‘yilganligi aytib o‘tildi.


Maqola muallifi

Teglar

Jahongir Ortiqxo'jaev

Baholaganlar

408

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing