Ortiqxo‘jayev “Toshshahartransxizmat” AJ raisini ishdan oldi
Jamiyat
−
17 dekabr 2019
25175Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayevning qarori bilan “Toshshahartransxizmat” AJ boshqaruvi raisi vazifasida ishlab kelgan Mohir Valiyev lavozimidan ozod etildi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi Matbuot xizmati xabar bermoqda.
Ortiqxo‘jayevning kecha, 16 dekabr kuni imzolagan qaroriga binoan “Toshshahartransxizmat” AJ boshqaruv raisi vazifasini bajarish Toshkent shahar transport boshqarmasi boshlig‘i A.Jo‘rayevga yuklatildi.
Valiyevning nega lavozimidan ozod etilgani va endi qaysi tashkilotda faoliyat yuritishi bilan bog‘liq savollar ochiq qolmoqda. Shunisi ma’lumki, u 2018 yilning iyul oyida lavozimga tayinlangandi.
LiveBarchasi