Ortiqxo‘jayev Toshkentda yer narxining minimal qiymatini belgiladi
Jamiyat
−
20 mart 2020
11279Toshkent shahar hokimining “Toshkent shahrida yer uchastkasidan doimiy foydalanish huqiqini minimal qiymatini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi. Bu haqda poytaxt ma’muriyati xabar berdi.
Unda Toshkent shahar Yer resurslari va davlat kadastri boshqarmasi tomonidan belgilangan yer uchastkasidan doimiy foydalanish huquqining tasdiqlangan minimal qiymati asosida yer uchastkasining boshlang‘ich narxi haqida ma’lumot berilgan.
Qarorga muvofiq, Toshkent shahar Davlat soliq boshqarmasi poytaxtda yer uchastkasidan doimiy foydalanish huquqining minimal qiymatini “YERELEKTRON” avtomatlashtirilgan axborot tizimiga kiritadi.
Toshkent shahrida yer uchastkasidan doimiy foydalanish huquqining minimal qiymati zonalar kesimida hamda tumanlar kesimi bo‘yicha narxlanadi.
Ilova orqali bu haqida atroflicha ma’lumot olish mumkin.