Ortiqxo‘jayev Sergelida yordam uchun janjal ko‘targan fuqarolar bilan uchrashdi
Jamiyat
−
01 avgust 2020
27636“Koronavirus pandemiyasi davrida ijtimoiy himoyaga va yordamga muhtoj aholi qatlamlarini moddiy qo‘llab-quvvatlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmoni bilan yordam muhtoj aholiga 380 mlrd so‘m tarqatish belgilandi.
Ammo pullarni tarqatishda aholi tomnidan noroziliklar yuz berdi. Shunday holatlardan biri Toshkent shahar, Sergeli tumani “Humo” mahallasida kuzatildi. Odamlar yordam puli olish uchun janjal ko‘tardi.
Aholi tomonidan norozilik bildirilgach, Toshkent shahar hokimi Jahorgir Ortiqxo‘jayev “Humo” mahallasiga bordi. U aholi bilan uchrashib, ularga yordam olishi kerak bo‘lganlarning ro‘yxatini fuqarolarning o‘zi tuzib berishini taklif qildi.
Hokim mahallada bo‘lgan vaqtda odamlarga shaharda 3 ming kishi nafas ololmay, hayot uchun kurashayotganda karantin qoidalarini buzish to‘g‘ri emasligini tushuntirdi.
“Prezident bergan pulni hammaga talon-toroj qilib berish adolatsizlik bo‘ladi. O‘zingiz bir kishini tanglanglar, ro‘yxat tuzinglar. O‘zingiz bergan ro‘yxat bo‘yicha uyingizga olib borib beramiz”, dedi Ortiqxo‘jayev.
Hokim bu ro‘yxatni aholi 1-1,5 kunda tuzib bersa, pul ajratilib, keyin tarqatilishini aytb o‘tdi. Shuningdek, o‘ziga to‘q oilalar ham yordam olsa, to‘g‘ri bo‘lmasligini qo‘shimcha qildi.
Jahongir Ortiqxo‘jayev shahardagi epidemiologik vaziyat va bemorlarning ko‘pligiga urg‘u berib, ularning ahvoli og‘irligini ham ta’kidlab o‘tdi.
“Odamlar jon bilan talashyapti. Shukr qilaylik hozir oyog‘imizda yurganimizga. Hozir zamon shu. Shu bugunda 3-4 ming odam hayot uchun kurashyapti. Ichida yuribmiz, ko‘ryapmiz. Qanday qilib bo‘lsa ham qutqarib qolish harakatidamiz. Men sizlar joningizni tahlikaga qo‘yayotganingizga tushunmayapman. Muammoni sog‘liqni saqlab qolgan holda yechish kerak”, dedi hokim.
Ortiqxo‘jayev yordamga muhtoj oilalar ham, o‘ziga to‘q oilalar ham ro‘yxatga qo‘l qo‘yishi kerakligini ta’kidladi.
“Biz 3 kunni ichida uyma-uy yurib tarqatamiz. Ko‘chada tarqatish yo‘q”, dedi Jahongir Ortiqxo‘jayev.
Avvalroq, yordamga muhtoj oilalarga pul tarqatishda qonunbuzarliklar ro‘y bersa prokuratura organlariga murojaat qilish mumkinligi haqida xabar bergan edik.
LiveBarchasi