Ortiqxo‘jayev murojaat bilan kelgan fuqaroga Spark sovg‘a qildi (video)

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev shaxmat maktabi ochishni taklif qilgan fuqaroga Spark sovg‘a qildi. Bu holat Sergelida hokim ishtirokida o‘tkazilgan sayyor qabulda yuz bergan.

Kecha, 10 aprel kuni o‘tkazilgan sayyor qabulga kelgan gapirishda nuqsoni bo‘lgan Sirojiddin ismli fuqaro hokimga shaxmat maktabi ochish niyati ekanini aytgan.

Hokim uning taklifini tinglagach, Sergeli tumanidagi bog‘ hududida shaxmat maktabi qurib berishini va uni shu fuqaro yuritishini aytgan. Bunda fuqaro ijara haqi ham to‘lamasligi qo‘shib o‘tilgan.

So‘ng hokim fuqarodan mashina haydashni bilish yo bilmasligi haqida so‘ragan va tasdiq javobini olgach esa qo‘l ostidagilar Prezident nomidan fuqaroga Spark sovg‘a qilishni tayinlagan.

Sirojiddin ismli fuqaroning aytishicha, uning 35 nafardan ortiq shogirdlari jahon va Osiyo musobaqalarida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan. Xalqaro grossmeyster Javohir Sindorov ham uning ilk shogirdlaridan biri. Uning o‘zi esa 2008 yilda “Shuhrat” medali bilan taqdirlangan.


Maqola muallifi

Teglar

Jahongir Ortiqxo'jaev

Baholaganlar

473

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing