Ortiqxo‘jayev maktab bitiruvchisiga Spark sovg‘a qildi

Jamiyat

Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev O‘zbekiston Milliy universiteti talabalari safiga imtihonsiz qabul qilingan Mushtariy Razzoqovaga SPARK avtomobilini sovg‘a qildi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi saytida xabar berildi. 

Joriy yil maktabning 11-sinfini tamomlagan va oltin medalni qo‘lga kiritgan Mushtariybonu Razzoqova sportda erishgan yutuqlari sabab O‘zMUning Taekvondo fakultetiga imtihonlarsiz qabul qilindi. 

19 iyun kuni  Toshkent shahar hokimiyatida o‘tkazilgan “Hokim va yoshlar” uchrashuvida shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev tomonidan Mushtariy Razzoqovaga SPARK avtomobili sovg‘a qilingan.

Eslatib o‘tamiz, bu Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayevning yoshlarga ko‘rsatayotgan ilk hotamtoyligi emas. U bundan avval ham shahar maktablariga tashriflarida o‘quvchilarni o‘ziga tegishli ARTEL savdo belgisi ostida ishlab chiqarilgan texnika vositalari bilan siylagan edi. 


Maqola muallifi

Teglar

Jahongir Ortiqxo'jaev Spark

Baholaganlar

388

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing