Ortiqxo‘jayev davrida Toshkent iqtisodiyoti qanchalik o‘zgargani ma’lum qilindi

Jamiyat

image

Avvalroq QALAMPIR.UZ’da Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev so‘nggi 3 yilda, ya’ni o‘zining hokimlik davrida poytaxt iqtisodi 2 baravar o‘sganiini aytgani va hokim ushbu raqamlarni oshirib yuborgani haqida maqola e’lon qilingandi. Toshkent shahar hokimligi Ortiqxo‘jayev davrida poytaxt iqtisodiyoti qanchalik o‘zgargani haqida ma’lumot berdi.

Qayd etilishicha, Toshkent shahrida 2017 yil yakuni bilan yalpi hududiy mahsulot (YAHM) hajmi 44 trln 306,6 mlrd so‘mni (2016 yilning mos davriga nisbatan o‘sish sur’ati 111,7 foiz)ni tashkil etgan bo‘lsa, 2020 yil yanvar-dekabr oylari bo‘yicha YAHM hajmi 88 trln 567,7 mlrd so‘m (2019 yilning mos davriga nisbatan o‘sish sur’ati 101,5 foiz)ni tashkil etgan.

Shuningdek, sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi shaharda 2017 yil yakuni bilan 30 trln 459,6 mlrd so‘mni tashkil etgan bo‘lsa, 2020 yilning yanvar-dekabr oylari yakuni bo‘yicha 52 trln 747,5 mlrd so‘mga yetgan. 

Hokimlik ma’lumotlariga ko‘ra, qurilish ishlari hajmi esa 2017 yilda 6 trln 197,9 mlrd so‘m (o‘sish sur’ati 120,5 foiz)ni tashkil etgan bo‘lsa, 2020 yil yanvar-dekabr oylarida 18 trln 758,9 mlrd so‘m (2019 yilga nisbatan o‘sish sur’ati 104,1 foiz)ni tashkil etgan.  2020 yilning yanvar-dekabr oylari yakuni bo‘yicha  solishtirma narxlarda  qurilish ishlari 2017 yilga nisbatan 192,5 foizni  tashkil etgan.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent Ortiqxo'jaev

Baholaganlar

242

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing