Ortiqxo‘jayev ham rafiqasi bilan saylovda ovoz berdi
Jamiyat
−
22 dekabr 2019
13431Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev ham bugun, 22 dekabr kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va viloyat, shahar, tuman kengashlari saylovida ishtirok etib, rafiqasi bilan ovoz berdi.
Ortiqxo‘jayev o‘zi istiqomat qilib kelayotgan “Huvaydo” mahallasida, ovoz bergani ma’lum.
Eslatib o‘tamiz, Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati O‘zbekiston Liberal demokratik partiyasi tomonidan xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputatligiga 48-“Tinchlik” saylov okrugidan Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayevning nomzodi ilgari surilgan.