Ortga qaytish yo‘q. Rossiya global fojiadan ogohlantirdi
Olam
−
22 mart 2023
30269Avval xabar berganimizdek, Buyuk Britaniya Ukrainaga uranli o‘q-dorilarni yetkazib berish niyatida ekanini ma’lum qilgan edi. Rossiya Davlat dumasi spikeri Vyacheslav Volodin agar Buyuk Britaniya bunga qaror qilsa, birinchi navbatda Yevropaga ta’sir qiladigan global fojia sodir bo‘lishini aytdi. Bu haqda u o‘zining Telegram-kanalida yozdi.
“Britaniya Kiyev fashistlari rejimiga uranli o‘q-dorilar yetkazib berilishini e’lon qildi. Bu qaror global miqyosdagi fojiaga olib keladi, bu birinchi navbatda Yevropa davlatlariga ta’sir qiladi”, degan Volodin.
Uning eslatishicha, Vashington Yugoslaviya va Iroqda ham xuddi shunday snaryadlardan foydalangan, bu esa hududning ifloslanishiga, shuningdek, odamlar orasida saraton kasalligining keskin kuchayishiga olib kelgan.
Shuningdek, Volodin uranli o‘q-dorilar yetkazib berilgandan so‘ng, Kiyev iflos bomba yoki taktik yadro qurolidan foydalanishi mumkinligini, agar bu sodir bo‘lsa, ortga qaytib bo‘lmasligini aytgan.
“Vashington va uning sun’iy yo‘ldoshlari (London, Bryussel, Varshava va boshqalar) “oxirgi ukrainalikgacha bo‘lgan urush” “oxirgi yevropalikgacha bo‘lgan urush”ga aylanishi uchun hamma ishni qilmoqda”, deya xulosa qilgan Rossiya Davlat dumasi spikeri.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq Rossiya Mudofaa vaziri Sergey Shoygu ham yadroviy to‘qnashuv tobora yaqinlashib borayotganini aytgandi.
LiveBarchasi