Orolbuyida kardiologiya markazi ochiladi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Orolbo‘yi mintaqasi ixtisoslashtirilgan kardiologiya va kardioxirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazini tashkil etish to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

Quyidagilar Markazning asosiy vazifalari etib belgilandi:

•    hudud aholisiga, shu jumladan Orolbuyi mintaqasidagi hamda Buxoro va Navoiy viloyatlarida tug‘ma yurak nuqsoni bilan tug‘ilgan bolalarga o‘z ixtisosligi bo‘yicha yuqori texnologiyaga asoslangan malakali ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam ko‘rsatish;
•    kasalliklarning oldini olish, ularga tashxis qo‘yish va kasalliklarni davolash bo‘yicha ilg‘or usullarni va texnologiyalarni ishlab chiqishga hamda amaliyotga tatbiq etishga qaratilgan ilmiy tadqiqotlar olib borish;
•    Markaz tibbiyot xodimlarining kasbiy darajasini oshirish;
•    mavjud tibbiyot texnikalari parkining doimiy ravishda yangilab borish va modernizatsiya qilish, Markazni zamonaviy tibbiyot asbob-uskunalari bilan jihozlash;
•    moliyaviy va moddiy-texnik resurslarni jalb qilish bo‘yicha ishlarni tashkil etish;
•    yuqori malakali xorijiy mutaxassislarni, konsultatsiyalar va mahorat darslari o‘tkazish uchun mamlakatga taklif etish orqali keng hamkorlikni tashkil etish, shuningdek mutaxassislar almashinuvini ta’minlash.

Quyidagilar Markaz faoliyatini moliyalashtirish manbalari hisoblanadi:

•    imtiyozli toifaga kiruvchi shaxslarga ko‘rsatiladigan tibbiy xizmatlar uchun davlat byudjetidan ajratiladigan mablag‘lar;
•    davlat ilmiy dasturlarini amalga oshirish doirasidagi grantlar;
•    pullik xizmatlar ko‘rsatishdan tushadigan mablag‘lar;
•    qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.

2021 yil 1 dekabrdan boshlab Markazni davlat byudjeti mablag‘lari hisobiga imtiyozli toifaga kiruvchi shaxslarni elektron axborot tizimi orqali hisobga olish va navbat asosida davolanishga yo‘llash tizimiga ulanishi ta’minlanishi kerak.

Markaz davlat muassasasi shaklidagi yuridik shaxs hisoblanadi, o‘z muhriga, Moliya vazirligi G‘aznachiligida shaxsiy g‘azna hisobvarag‘iga egadir. Markaz direktori Xorazm viloyati hokimligi bilan kelishilgan holda Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi.


Maqola muallifi

Teglar

tibbiyot

Baholaganlar

25

Reyting

3.3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing