O‘zbekiston delegatsiyasi MAGATE bosh konferensiyasida ishtirok etadi

Jamiyat

image

Joriy yilning 16-19 sentyabr kunlari O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri maslahatchisi, Energetika vaziri Alisher Sultonov boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasi Atom energiyasi bo‘yicha xalqaro agentlik (MAGATE) Bosh konferensiyasining Vena shahrida bo‘lib o‘tadigan 63-sessiyasida ishtirok etadi. 

O‘zbekiston delegatsiyasi rahbari Bosh konferensiyadagi ishtiroki doirasida yalpi sessiyada ma’ruza qiladi, shuningdek, MAGATE rahbari Kornel Ferutse, Jahon yadro uyushmasi bosh direktori Agneta Rayzing, Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti Yadro energiyasi agentligi rahbari Valyam Magvud, moliyaviy institutlar hamda qator davlatlar atom agentliklari rahbarlari bilan ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazadi.

O‘zbekiston Energetika vazirligi, “O‘zatom” agentligi va O‘zbekiston elchixonasi “Rosatom” davlat korporatsiyasi bilan hamkorlikda ilk marta Bosh konferensiya doirasida 17 sentyabr kuni O‘zbekistonda atom energetikasini rivojlantirish masalasiga bag‘ishlangan xalqaro seminar o‘tkazadi.

Ushbu tadbirda MAGATE rahbariyati, xorij mamlakatlari delegatsiyalari boshliqlari va sohadagi nufuzli xalqaro ekspertlar ishtirok etishi kutilyapti.


Maqola muallifi

Teglar

Alisher Sultonov Vena MAGATE

Baholaganlar

6

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing