Orban YeIni “ringga chiqishni istamaydigan qari bokschi”ga o‘xshatdi
Olam
−
22 iyul 2023
8670Vengriya Bosh vaziri Viktor Orban Yevropa Ittifoqini tanqid qilib, uni o‘zining chempionlik kamarini hammaga ko‘rsatadigan, lekin ringga chiqishdan bosh tortgan eski boks chempioniga o‘xshatdi. Bu haqda u bugun, 22 iyul kuni Ruminiyadagi universitetda so‘zlagan nutqida aytib o‘tdi.
Bosh vazirga ko‘ra, Yevropa Ittifoqi hozirda tashvishga tushgan va dunyoning boshqa kuch markazlari bilan raqobatdan qo‘rqqan 27 davlatdan iborat “boy, ammo zaif” hamjamiyatga aylangan.
"Bu haqiqat. Yevropa Ittifoqi o‘zining chempionlik kamarini ko‘rsatgan, ammo endi ringga chiqishni istamaydigan qarigan boks chempioniga o‘xshaydi. Bularning barchasi qandaydir gettodagi (shaharlardagi faqat bir xil qatlam vakillari yashaydigan hudud) kabi iqtisodiy, siyosiy va madaniy izolyatsiyaga (ajralib qolish) olib keldi", degan Orban
Shuningdek, Vengriya yetakchisi Yevropa Ittifoqida qo‘rquv va izolyatsiya hissi borligini qo‘shimcha qilgan. Orban bunday his-tuyg‘ularni YeI o‘z atrofida "chalkash dunyo, eski shikoyatlar, boqish kerak bo‘lgan ko‘plab och og‘izlar"ni ko‘rishi bilan izohlagan.
Uning fikricha, yaqin kelajakda Yevropa Ittifoqi katta qiyinchiliklarga duch keladi va uni qorong‘i istiqbollar kutmoqda.
Bosh vazir Xalqaro valyuta fondi prognozlarini ham eslatib o‘tgan. Unga ko‘ra, 2030 yilga borib Italiya va Fransiya dunyoning iqtisodiy rivojlangan 10 ta davlatidan biri sifatidagi o‘rnini yo‘qotadi, Germaniya esa to‘rtinchi o‘rindan o‘ninchiga tushadi.
LiveBarchasi