Nurmuhamedov Moskvadagi UFC turnirida ishtirok etadi
Sport
−
17 Avgust 2019 7488 1 daqiqa
Rossiyalik MMA jangchisi Abubakar Nurmuhamedov UFCdagi debyut jangini 9 noyabr kuni o‘tkazadi.
Abubakar debyut jangini Moskvada tashkil etiladigan kechada o‘tkazadi. Hozircha uning raqibi kim bo‘lishi ma’lum qilinmagan. Abubakar Nurmuhamedov aslida shu yilning 7 sentyabrda bo‘lib o‘tadigan UFC 242 kechasida ishtirok etishi lozim edi, lekin qo‘lidan olgan jarohati bunga yo‘l qo‘ymagan.
Abubakar Nurmuhamedov UFC jangchisi Xabib Nurmuhamedovning amakivachchasi hisoblanadi.
Live
BarchasiBayden va uning rafiqasi hujumga uchradi
11 Noyabr
Pashinyan Turkiyaga bordi
11 Noyabr