Operatsiya xonasida kelin-kuyov fotosessiya qildi
Bu qiziq
−
10 fevral
25412Hindistonning Karnataka shtatida mahalliy shifoxona jarrohi operatsiya xonasida kelin va do‘stlari bilan to‘y fotosessiyasini o‘tkazdi. Bu haqda "Times of India" xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, operatsiya xonasida to‘y fotosessiyasini o‘tkazgan davlat shifoxonasi shifokori videoni internetga joylashtirgan. Suratlarda shifokor va do‘stlari operatsiya qilmoqchi bo‘lgan bemorning yonida suratga tushgani tasvirlangan.
Suratlar internetda keng tarqalgach, aholining e’tirozlariga keskin sabab bo‘lgan. Yosh shifokor suratga olish uchun eski operatsiya xonasidan foydalanganini aytib, o‘zini oqlashga urinsa-da, davlat organlari qarori bilan ishdan bo‘shatilgan.
Eslatib o‘tamiz, kelin-kuyov Toshkent metropolitenida fotosessiya qilgandi.
Abdullayev Azizbek
LiveBarchasi