“OpenAI sotilmaydi”. Altman Maskning taklifini rad etdi

Olam

image

Avvalroq, milliarder Ilon Mask boshchiligidagi investorlar konsorsiumi OpenAI’ni nazorat qiluvchi notijorat tashkilotni 97,4 milliard dollarga sotib olish bo‘yicha taklif bergandi. OpenAI kengashi Maskning bu taklifini rad etadi. Bu haqda kompaniya raisi Bret Teylor OpenAI’ning X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida ma’lum qildi.

Kompaniya raisiga ko‘ra, OpenAI sotish uchun yaratilmagan va kompaniya kengashi bu taklifni bir ovozdan rad etgan.

“Har qanday potensial qayta tashkil etish OpenAI’ning notijorat tashkilot sifatida qolishiga va sun’iy umumiy intellekt (AGI) insoniyat foydasiga xizmat qilishiga yordam beradi”, deydi u.

Birozdan so‘ng esa OpenAI’ning bosh direktori Sem Altman ham X’da hazilomuz tarzda shunday post qoldirgan:

“Yo‘q, rahmat, agar xohlasangiz, biz  Twitter’ni 9,74 milliard dollarga sotib olamiz”.

Maskning taklifi OpenAI uchun vaziyatni yanada murakkablashtirishi mumkin. Kompaniya ayni damda daromad keltiruvchi tuzilma sari o‘tish jarayonida. Nashrga ko‘ra, direktorlar kengashi notijorat tashkilot uchun eng yaxshi qarorni qabul qilishi kerak, ya’ni Altmanning kompaniyani bo‘lish rejalari Maskning taklifidan afzalroq ekanini isbotlashi lozim.

Maskning advokatlari sudga taqdim etgan hujjatda milliarder agar OpenAI notijorat tashkilot sifatida qolishga rozi bo‘lsa, taklifini qaytarib olishini ma’lum qilgan.

Mask o‘tgan yilning avgust oyida Altman, OpenAI va Microsoft’ni sudga berib, ularni shartnomani buzganlikda ayblagandi. 2024 yil noyabr oyida Mask AQSH okrug sudyasidan OpenAI’ning tijoratga aylanishini bloklash bo‘yicha dastlabki taqiq qo‘yishni so‘ragan.


Maqola muallifi

Teglar

Mask OpenAI Al'tman

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing