“Open budget”ning yangi mavsumi qachondan boshlanishi aytildi
Jamiyat
−
28 yanvar 3932 1 daqiqa
Joriy yilning 1 fevralidan “Tashabbuskor xalq uchun — yangi imkoniyatlar mavsumi” shiori ostida “Tashabbusli byudjet” jarayonining 2026 yilgi ilk mavsumi boshlanadi. Bu haqda Iqtisodiyot va moliya vazirligi xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, ushbu mavsum “Tashabbusli byudjet” jarayoni joriy etilganidan buyon o‘tkazilayotgan o‘ninchi – yubiley mavsum hisoblanadi.
Bunda:
- 1–20 fevral kunlari loyihalarni kiritish;
- 21 fevraldan 7 martgacha loyihalarni saralash;
- 8–10 mart kunlari targ‘ibot bosqichi;
- 11–20 mart kunlari ovoz berish bosqichi;
- 21–31 mart kunlari qo‘shimcha g‘oliblarni e’lon qilish bosqichi o‘tkaziladi.
Qolaversa, an’anaviy ovoz berish bosqichi yakunlariga ko‘ra g‘olib loyihalar 21 mart – Navro‘z bayrami kuni e’lon qilinadi.
Ma’lumot uchun, 2024 yilning mart oyidan tashabbusli byudjetlashtirish jarayonida ovoz berishda sog‘lom raqobat muhitini yaratish maqsadida “bir fuqaro – bir ovoz” tizimi joriy etilgan. Raqamli hukumat loyihalarini boshqarish markazi bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish orqali ovoz berish jarayonida fuqarolarni identifikatsiya qilish hamda bir fuqaro tomonidan berilgan bitta ovozni qabul qilish tizimi joriy etiladi.
Live
Barchasi