“Open budget”ning yangi mavsumi qachondan boshlanishi aytildi

Jamiyat

image

2025 yilgi “Tashabbusli byudjet” jarayonining 2-mavsumi 15 iyuldan boshlanib, 31 avgust kuni oxiriga qadar davom etadi. Bu haqda Iqtisodiyot va moliya vazirligi xabar berdi.

Qayd etilishicha, bosqichlar quyidagicha bo‘linadi:

  • Loyiha kiritish bosqichi – 15 iyul-3 avgust;
  • Saralash bosqichi – 4-18 avgust;
  • Targ‘ibot bosqichi – 19-21 avgust;
  • Ovoz berish bosqichi – 22–31 avgust kunlari o‘tkaziladi.

Joriy yildagi 2-mavsum g‘oliblari 1 sentyabr – Mustaqillik bayrami kuni e’lon qilinadi.

Ma’lumot uchun, 2024 yilning mart oyidan tashabbusli budjetlashtirish jarayonida ovoz berishda sog‘lom raqobat muhitini yaratish maqsadida “bir fuqaro – bir ovoz” tizimi joriy etilgan. Raqamli hukumat loyihalarini boshqarish markazi bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish orqali ovoz berish jarayonida fuqarolarni identifikatsiya qilish hamda bir fuqaro tomonidan berilgan bitta ovozni qabul qilish tizimi joriy etiladi.


Maqola muallifi

Teglar

Tashabbusli byudjet Open budget

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing