“Open budget”ning targ‘ibot bosqichi boshlandi
Jamiyat
−
19 avgust 6500 2 daqiqa
Bugun, 19 avgust kunidan e’tiboran “Ochiq byudjet” portalida “Tashabbusli byudjet” jarayonlarining 2025 yilgi 2-mavsumi doirasida saralash bosqichi yakunlandi va targ‘ibot bosqichi boshlandi. Bu haqda Iqtisodiyot va moliya vazirligi xabar berdi.
Vazirlikka ko‘ra, 2-mavsum doirasida fuqarolar tomonidan 22 ming 623 ta taklif kelib tushgan hamda 18 ming 656 ta taklif saralash bosqichidan o‘tkazilgan.
Qayd etilishicha, joriy yilning 19-21 avgust kunlari “Tashabbusli byudjet” loyihasining 2-mavsumi doirasida saralashdan o‘tgan loyihalar uchun 3 kunlik targ‘ibot bosqichi o‘tkaziladi. Bunda tashabbuskorlar saralashdan o‘tgan loyihalarni targ‘ib qilish orqali ovoz berish bosqichiga tayyorgarlik ko‘radi.
Ma’lumot uchun, jarayonlar quyidagi sanalarda o‘tkaziladi:
- Loyiha kiritish bosqichi – 15 iyul -3 avgust;
- Saralash bosqichi – 4-18 avgust
- Targ‘ibot bosqichi – 19-21 avgust;
- Ovoz berish bosqichi – 22-31 avgust kunlari.
Joriy yildagi 2-mavsum g‘oliblari 1 sentyabr – Mustaqillik bayrami kuni e’lon qilinadi.
“Tashabbusli byudjet”ning 2024 yilgi 2-mavsumi hamda 2025 yilning 1-mavsumida (ikkata mavsumda ketma-ket) g‘olib bo‘lgan 823 ta mahallaga joriy yilning 2-mavsumi hamda 2026 yilning 1 mavsumida tanaffus beriladi.
Mazkur mahallalar (shuningdek, ushbu mahallalarda joylashgan maktab, bog‘cha, tibbiyot muassasalari va boshqa tashkilotlar) navbatdagi ikki mavsum doirasida o‘z loyihalari bilan ishtirok eta olmaydi.
Tanaffus beriladigan mahallalarning to‘liq ro‘yxati bilan quyidagi havola orqali tanishish mumkin: ro‘yxat.
G‘oliblar ro‘yxatiga aniqlik kiritilgan hollarda har mavsum boshlanishidan avval tanaffus berilayotgan mahallalar ro‘yxati Iqtisodiyot va moliya vazirligining rasmiy sahifalari hamda “Ochiq byudjet” portalida e’lon qilib boriladi.
Ma’lumot uchun: Namangan shahar – “Dashtbog‘", Kogon shahri – “Nurafshon” va Shumanay tumani – “Begjap” mahallalarining 2025 yil 1-mavsumdagi loyihalari rad etilgani sababli ushbu mahallalarga tanaffus berilmaydi.
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr