“Open budget” doirasida qurilgan stadion 1 oyga yetmay qulab tushdi
Jamiyat
−
26 fevral
7476Ijtimoiy tarmoqlarda Jizzax viloyatining Baxmal tumanida “Open budget” loyihasi doirasida qurilgan 1,1 mlrd so‘mlik stadion foydalanishga topshirilganiga 1 oy bo‘lmasdan qulab tushgani haqida xabarlar tarqaldi. Mazkur holat yuzasidan Jizzax viloyati hokimligining “Yagona buyurtmachi xizmati” IK DUK munosabat bildirdi.
Qayd etilishicha, tumanning “Mustaqillik” mahallasida joylashgan 48-maktab hududida qurilgan sun’iy qoplamali stadion Jizzax viloyati hokimligi “Yagona buyurtmachi xizmati” DUK buyurtmachiligida hamda “Suvinshoot qurilish loyiha” MCHJ pudratchiligida qurilgan bo‘lib, loyiha shartnoma qiymati 1 milliard 190 million so‘mni tashkil etadi.
Dastlabki o‘rganish natijalariga ko‘ra, stadionning tom qismining qulab tushishiga kuchli tabiiy ofat – shamol va qalin qor yog‘ishi sabab bo‘lgani aniqlangan. Buning oqibatida sport maydonchasining tom qismi zarar ko‘rgan. Hodisa oqibatida tan jarohati olgan shaxslar aniqlanmagan.
Bildirilishicha, holat yuzasidan buyurtmachi va pudratchi tashkilotlar tomonidan o‘rganish ishlari olib borilmoqda.
“Pudrat tashkiloti tomonidan loyihaga muvofiq tiklash ishlari amalga oshiriladi va stadion tez kunlarda qayta tiklanib, foydalanishga topshiriladi”, deyiladi munosabatda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Farg‘ona viloyati Bog‘dod tumanida o‘tgan yili avgust oyida ta’mirlangan yo‘l mashinalar o‘tayotganda o‘pirilib ketgan edi.
LiveBarchasi