“Open Budget”da yutolmasam, hammangning qoningni ichaman – Navoiyda direktor o‘qituvchilarga bosim o‘tkazdi

3-sahifa

image

Ijtimoiy tarmoqlarda Navoiydagi maktablardan birida maktab direktori o‘qituvchilarga “Open budget” uchun ovoz to‘plashi kerakligini aytib, bosim o‘tkazgani aks etgan videolar tarqaldi. Holat yuzasidan viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi rasmiy izoh berdi.

Videoda maktab direktori agar 100 nafar o‘qituvchi 100 foiz ishni bajarsa, 5 mingta bo‘lish kerakligini, lekin 12 million so‘mga sim-karta sotib olinganini aytgan. 

“Bugun ham 2 mln so‘m pul tayyorlab o‘tiribmiz, har bir SIM-kartani 20 ming so‘mdan sotib olyapmiz. 4-5 ta maktab mingtalab SIM-karta olib, qarab o‘tiribdi. Agar men yutolmasam, hammangni qoningni ichaman, millionlab oyligingni qo‘yasan. Yutsam yutdim, agar yutolmasam, o‘zim bilaman senlarni nima qilishni”, deydi direktor o‘qituvchilarga.

Ma’lum qilinishicha, mazkur videodagi ovoz viloyatdagi Navbahor tumanidagi 9-umumta’lim maktabi direktori D.T.ga tegishli ekani aniqlangan. Unga nisbatan ish beruvchining tegishli buyrug‘iga asosan belgilangan tartibda intizomiy jazo chorasi qo‘llanilgan.

Shuningdek, hozirda mazkur holat vakolatli organlar tomonidan maktab direktori D.T.ning xatti-harakatlarida ma’muriy huquqbuzarlik alomatlari bor yo‘qligi  o‘rganilmoqda. 

“Ushbu holat yuqori turuvchi va vakolatli organlar tomonidan nazoratga olingan bo‘lib, o‘rganish yakunlari bo‘yicha qo‘shimcha xabar beriladi”, deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, Toshkent viloyatida boshlang‘ich sinf o‘quvchilari “Open budget”ga ovoz yig‘ish maqsadida dars paytida pul olib kelishi uchun uyiga yuborilgani haqida xabar berilgandi. Keyinroq ushbu maktab direktori ishdan olingani ma’lum qilindi.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali ba’zi maktab o‘qituvchilariga “Open budget” loyihasida ovoz yig‘ish uchun majburiy topshiriq berilayotgani yuzasidan Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova izoh berib, ushbu vaziyat vazirlik tomonidan o‘rganilayotganini xabar qilgan edi.

Keyinroq, 24 mart kuni ijtimoiy tarmoqlarda Surxondaryo viloyati Angor tumanidagi 36-maktab o‘qituvchilari “Open budget”ga ovoz yig‘ishga majburlangani aks etgan video tarqalgandi. Bosh prokuratura mazkur holat Surxondaryo viloyati prokuraturasi tomonidan o‘rganilayotganini ma’lum qilgan edi. 


Maqola muallifi

Teglar

Navoiy o'qituvchi direktor Open Budget

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing