“Open budget”da 47 ta loyiha qo‘shimcha g‘olib deb topildi

Jamiyat

image

“Tashabbusli byudjet”ning joriy yilgi 1-mavsumi yakunlariga ko‘ra, g‘olib bo‘la olmagan 47 ta loyiha uchun qo‘shimcha mablag‘ ajratildi. Bu haqda Iqtisodiyot va moliya vazirligi xabar berdi.

Qayd etilishicha, xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlari tomonidan g‘olib bo‘lmagan navbatdagi loyihalarni moliyalashtirish uchun mahalliy byudjetning qo‘shimcha mablag‘lari hisobidan 18,2 mlrd so‘m ajratilib, 47 ta loyiha qo‘shimcha ravishda g‘olib deb topilgan.

Ma’lumot uchun, amaldagi tartibga ko‘ra, xalq deputatlari tuman (shahar) kengashlariga mahalliy byudjetning qo‘shimcha mablag‘lari hisobidan qo‘shimcha tarzda g‘olib loyihalarni e’lon qilish vakolati berilgan.

G‘olib loyihalar ro‘yxati bilan mazkur havola orqali tanishish mumkin.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq “Ochiq byudjet” portalida “Tashabbusli byudjet” jarayonining 2026 yilgi 1-mavsumi g‘olib loyihalari e’lon qilingandi. Jarayonlarda mamlakat bo‘ylab jami 10 mln 284 mingta ovoz berilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Tashabbusli byudjet Open budget

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing