Opasini zo‘rlab o‘ldirganlikda ayblanayotgan uka hibsga olindi
Olam
−
29 aprel 18549 2 daqiqa
Joriy yilning 27 aprel kuni AQSHda “Carnival Cruise” kemasida 16 yoshli o‘smir 18 yoshli o‘gay opasini zo‘rlab o‘ldirganlikda ayblanib, hibsga olindi. Bu haqda ABC News xabar berdi.
Ma’lum bo‘lishicha, 18 yoshli Anna Kepner 2025 yil noyabr oyida oilasi, jumladan, Xadson bilan “Carnival Horizon” kemasida sayohat qilgan. Kema Floridaga qaytishi rejalashtirilganidan co‘ng uning jasadi Xadson va boshqa bir o‘smir bilan birga yashagan xonadagi karavot ostidan topilgan.
Xabarga ko‘ra, Anna Kepnerning o‘limiga mexanik asfiksiya, ya’ni biror narsa yoki jismoniy kuch yordamida nafas olishning to‘xtatib qo‘yilishi sabab bo‘lgani aniqlangan. Kepnerning otasi Kristofer Kepner bu bo‘yicha bayonot berib, oila haqiqatni ehtiyotkorlik va halollik bilan izlash uchun adliya tizimiga ishonayotganini aytgan.
AQSH okrug sudyasi Bet Blumning joriy yil 27 aprel kuni chiqargan qaroriga ko‘ra, Timoti Xadsonning (birinchi darajali qotillik va og‘irlashtiruvchi jinsiy zo‘ravonlik ayblovlari bo‘yicha) sud jarayoni 1 iyun kuni Mayamida boshlanadi.
Qayd etilishicha, 16 yoshli o‘smir dastlab voyaga yetmagan sifatida ayblangan. Gumonlanuvchi o‘tgan haftada aybsizligini yozma ravishda tan olgan. Shuningdek, voyaga yetmaganlar federal sudda kamdan kam hollarda jinoiy javobgarlikka tortilishi ta’kidlangan.
Ma’lumot uchun, Anna Kepner Orlandodan taxminan 65 kilometr sharqda joylashgan Florida shtati Taytusvill shahridagi Templ Xristian (Temple Christian School) maktabida o‘qigan. U o‘rta maktabda "chirlider" (quvnoqlar lideri) bo‘lgan.
Shahzoda Shukurullayeva