Onlayn auksionda 4,5 mlrdlik “chiroyli” avtoraqamlar sotildi
Jamiyat
−
26 noyabr 2019
6588Joriy yilning 18-24 noyabrlarida “O‘zRTXB” AJ barcha savdo platformalarida 910,0 mlrd so‘mlik bitimlar tuzildi. Kichik biznes va tadbirkorlik sub’ektlari ishtirokida tuzilgan bitimlarning umumiy hajmi 1,3 foizga o‘sib 410,5 mlrd so‘mni tashkil etdi.
Shu jumladan birja savdolarining hajmi avvalgi haftaga nisbatan 7 foizga kamayib, 756,1 mlrd so‘mni tashkil etdi. Valyuta savdo maydonchasi orqali sotilgan tovarlarning qiymati 2,2 mln AQSH dollarini tashkil etdi. Eksportning tarkibida pirolizli gazolin ulushi 53 foiz, paxta tolasining ulushi 31 foiz, polimer mahsulotlari 13 foiz va boshqa mahsulotlar ulushi 3 foizni egalladi.
Ko‘rgazma-yarmarka savdolarning haftalik hajmi ikki marotabadan ko‘pga oshgan bo‘lib 53,5 mlrd so‘mni, kichik biznes sub’ektlari tomonidan amalga oshirilgan xaridlar esa 20,1 mlrd so‘mni yoki tuzilgan bitimlarning 37,5 foizni tashkil etdi.
O‘tgan haftada davlat xaridlari bo‘yicha maxsus axborot portalida tuzilgan bitimlarning hajmi 12,4 foizga o‘sib 95,9 mlrd so‘mga teng bo‘ldi. Byudjet va korporativ buyurtmachilarning pul mablag‘ini tejalishi 20,8 mlrd so‘mdan oshdi.
Ko‘rib chiqilayotgan davr mobaynida onlayn auksion orqali 972 ta avtomobil raqamlari sotildi. Sotilgan davlat raqam belgilarining umumiy summasi qariyb 4,5 mlrd so‘mni tashkil qildi. Raqobatli savdolar natijasida bitimlarning 19,4 foizi birinchi toifadagi avtoraqamlarga, 48,1 foizi ikkinchi va 32,4 foizi uchinchi toifa avtoraqamlarga tegishlidir.
LiveBarchasi