Onlayn auksionda 3 mlrdlik “chiroyli” avtoraqamlar sotildi

Jamiyat

image

Joriy yilning 2-8 dekabrlarida “O‘zRTXB” AJ barcha savdo platformalarida 859,2 mlrd so‘mlik bitimlar tuzildi. Kichik biznes va tadbirkorlik sub’ektlari ishtirokida tuzilgan bitimlarning umumiy hajmi 413,8 mlrd so‘mni tashkil etdi. Bu haqda O‘zRTXB saytida ma’lum qilindi.

Shu jumladan birja savdolarining hajmi 721,6 mlrd so‘mni tashkil etdi. Valyuta savdo maydonchasi orqali sotilgan tovarlarning qiymati 1,4 mln AQSH dollarini tashkil etdi. Eksportning tarkibida polietilenning ulushi – 70 foiz, pirolizli gazolin – 16 foiz, sanoat moylari – 12 foiz va boshqa mahsulotlar ulushi 2 foizni egalladi.

Ko‘rgazma-yarmarka savdolarning haftalik hajmi 12,9 foizga oshgan bo‘lib 29,7 mlrd so‘mni tashkil qildi, kichik biznes sub’ektlari tomonidan amalga oshirilgan xaridlar esa 6,9 mlrd so‘mni yoki tuzilgan bitimlarning 23,2 foizni tashkil etdi.

O‘tgan haftada davlat xaridlari bo‘yicha tuzilgan bitimlarning hajmi 6,3 foizga o‘sib 105,0 mlrd so‘mga teng bo‘ldi. Byudjet va korporativ buyurtmachilarning pul mablag‘ini tejalishi 25,2 mlrd so‘mdan oshdi.

Ko‘rib chiqilayotgan davr mobaynida onlayn auksion orqali 681 ta avtomobil raqamlari sotildi. Sotilgan davlat raqam belgilarining umumiy summasi o‘tgan haftaga nisbatan 6,2 foizga o‘sib 3,0 mlrd so‘mni tashkil qildi. Raqobatli savdolar natijasida bitimlarning 20,7 foiz birinchi toifadagi avtoraqamlarga, 46,4 foiz ikkinchi va 32,9 foiz uchinchi toifa avtoraqamlarga tegishlidir.


Maqola muallifi

Teglar

birja avtoraqam

Baholaganlar

45

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing