Onalarga har bir tug‘ilgan bola uchun 1300 dollar beriladi. Armanistonda!

Olam

image

Armanistonda 2026 yil 1 sentyabrdan boshlab bola tug‘ilganda beriladigan bir martalik nafaqa 500 ming arman dramini (1300 AQSH dollari) tashkil etadi. Bu haqda “Armenia Today” xabar berdi.

Nashrning yozishicha, tegishli qonunchilik tashabbusi Armaniston parlamenti tomonidan navbatdan tashqari yig‘ilishda qabul qilingan. Bungacha to‘lov miqdori oiladagi bolalar soniga bog‘liq bo‘lgan: birinchi va ikkinchi bola uchun 300 ming dram (786 AQSH dollari), uchinchi va to‘rtinchi bola uchun 1 million dram (2600 AQSH dollari), beshinchi va undan keyingi bolalar uchun esa 1,5 million dram (3900 AQSH dollari) to‘langan.

Shu bilan birga, mamlakatda ko‘p bolali oilalarni oylik qo‘llab-quvvatlash dasturi saqlab qolinadi. Unga ko‘ra, 2022-2025 yillarda tug‘ilgan oiladagi uchinchi va undan keyingi har bir bola uchun 50 ming dram (131 AQSH dollari) miqdoridagi to‘lov ular olti yoshga to‘lguniga qadar beriladi.

Xabarda aytilishicha, yangi qonun 2026 yil 1 yanvardan keyin tug‘iladigan bolalar uchun ham ushbu to‘lovlarni davom ettirishga huquqiy asos yaratishi kerak.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Xitoy 2026 yildan boshlab tug‘ruq bilan bog‘liq barcha tibbiy xarajatlarni davlat byudjeti hisobidan qoplashni rejalashtirayotgani haqida xabar berilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

nafaqa Armaniston tug'ilish

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing