Ona va uning ikki qizi Katta Farg‘ona kanalida oqib ketdi

3-sahifa

image

Joriy yilning 21 fevral kuni Farg‘ona viloyatining Rishton tumani “Zohidon” MFY Qo‘rg‘oncha ko‘chasida istiqomat qiluvchi N.G. ismli ayol va uning ikki nafar qizi yashash xonadonidan chiqib ketgan. Bu haqda viloyat Favqulodda vaziyat boshqarmasi xabar berdi.

Shu kuni kichik qizi X.Sh.ning jonsiz tanasi Bag‘dod tumani "Irg‘oli" MFY hududidan oqib o‘tgan Katta Farg‘ona kanalidan topilgan.

22 fevral kunidan buyon Farg‘ona viloyati FVB Maxsus vazifalarni bajaruvchi mintaqaviy qutqaruv otryadi g‘avvos-qutqaruvchilari tomonidan Rishton tumanidan oqib o‘tuvchi katta Farg‘ona kanalida O‘zbekiston tumanining “Nurso‘x” qishlog‘igacha bo‘lgan masofada suvda ona va bolani qidirish ishlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Farg'ona

Baholaganlar

515

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing