Namangandagi tug‘ruqxonada mudhish jinoyat sodir etildi. Chaqaloqlar vafot etdi

Jamiyat

image

Namanganlik 23 yashar ayol mudhish jinoyatga qo‘l urdi. U o‘zi dunyoga keltirgan chaqaloqni va tuqruqxonadagi boshqa ayolning chaqalog‘ini binoning ikkinchi qavati derazasidan uloqtirgan. Natijada chaqaloqlar og‘ir tan jarohati olib, vafot etgan. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi xabar bermoqda. 

Gap shundaki, kecha, 9 sentyabr kuni soat 04:30larda Namangan tumani tibbiyot birlashmasining tug‘ruq kompleksiga qarashli binoning orqa xovlisidan 1996 yilda tug‘ilgan fuqaro D.X. va va 1997 yilda tug‘ilgan M.T. shu yilning 2 sentyabr kuni tug‘ilgan qiz chaqaloqlari tirik holda topilgan. Shifokorlar tomonidan ko‘rsatilgan tibbiy yordamga qaramasdan chaqaloqlar vafot etgan. 

Aniqlanishicha, kecha, 9 sentyabr kuni soat taxminan 03:30 larda fuqaro D.X. 2 sentyabr kuni tug‘ilgan farzandining oldiga kirib, uning oyoqlari notekis (nuqsonli) tug‘ilganligidan achchiqlangan. Yosh ona nuqsonli tug‘ilgan farzandidan qutilish maqsadida o‘z chaqalog‘i bilan birgalikda, kelgusida sodir etayotgan qilmishi fosh bo‘lib qolishining oldini-olish maqsadida shu xonadoshi M.T.ning qiz chaqalog‘ini ham olib, derazadan pastga uloqtirib yuborgan. Oqibatda chaqaloqlar og‘ir tan jarohatlari olishgan. 

Mazkur holat yuzasidan 9 sentyabr kuni tuman prokuraturasi tomonidan fuqaro D.X.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 97-moddasi 2-kismi “a,v” bandlari hamda tuman tibbiyot birlashmasiga qarashli tug‘ruq kompleksi mas’ul shaxslariga nisbatan 116-moddasi 4-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. D.X. protsessual tartibda ushlangan. 

Dastlabki tergov harakatlari davom etmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Jinoyat Tug'ruqxona

Baholaganlar

319

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing