Omskdagi qurilishda chiqqan yong‘inda o‘zbekistonlik qurbon bo‘ldi

3-sahifa

image

Omskdagi qurilishda sodir bo‘lgan yong‘indan so‘ng shifoxonada vafot etgan to‘rtinchi shaxs, dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 2003 yilda tug‘ilgan O‘zbekiston fuqarosi bo‘ldi. Bu haqda viloyat prokuraturasi xabariga tayanib, TASS yozmoqda. 

“Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 2003 yilda tug‘ilgan O‘zbekiston fuqarosi”, deyiladi xabarda.  

Yigit Nijniy Novgoroddagi tibbiyot muassasasida vafot etgan, jabrlanuvchi u yerga maxsus samolyotda olib borilgan. 

Omskda qurilayotgan binoda yong‘in 15 avgust kuni ertalab Krupskaya va Arxitektorlar ko‘chalari chorrahasida sodir bo‘ldi. Yong‘in birinchi qavatni qamrab oldi va yuqori qavatlarga tarqaldi. Hammasi bo‘lib 11 kishi jabrlangan, ulardan uchtasiga uyga ruxsat berilgan. To‘rt kishi halok bo‘ldi – bir Qozog‘iston fuqarosi, yana ikki nafari Tojikiston fuqarosi. Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 143-moddasi 2-qismi (Mehnatni muhofaza qilish talablarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing