“Omicron” va “delta” shtammlari bir vaqtning o‘zida yuqishi mumkinligi aniqlandi 

Olam

image

Koronavirusning “omicron” va “delta” shtammlari bir vaqtning o‘zida inson tanasi hujayralariga kirib, yangi, yanada xavfli virus turining paydo bo‘lishiga olib kelishi mumkin. Bu haqda Amerikaning Pfizer farmatsevtika kompaniyasi bosh tibbiy mutaxassisi Pol Berton ma’lum qildi.  

“Janubiy Afrikada olib borilgan ilmiy tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, odamlar, ayniqsa immuniteti zaif odamlar bir vaqtning o‘zida ikkita virusni yuqtirishlari mumkin. Hozirda bu biz ko‘rayotgan infeksiyalar sonini hisobga olgan holda mumkin”, degan shifokor. 

Bertonning qo‘shimcha qilishicha, bir vaqtning o‘zida ikkita shtamm bilan kasallanish yanada yuqumli variantga olib kelishi mumkin. 

Mutaxassislarning fikricha, ikkala shtamm ham bitta hujayraga yuqib, shu tariqa mutatsiyaga uchrashi mumkin, ammo hodisalarning bunday rivojlanish ehtimoli nihoyatda past deb baholanmoqda. 

Ta’kidlanishicha, koronavirus pandemiyasi davrida shtammlarning rekombinatsiyasi deb ataladigan uchta holat aniqlangan, ular yakunda yangi mutatsiyaning paydo bo‘lishiga yordam bermagan va infeksiyaning yangi tarqalishiga sabab bo‘lmagan. 

Misol uchun, shunday holatlardan biri shu yil boshida Buyuk Britaniyada sodir bo‘lgan. O‘shanda virusning birinchi marta Ispaniyada aniqlangan B.1.177 shtammi bilan alfa shtammi qo‘shilishi natijasida virus varianti aniqlangan. Mutatsion shtamm bilan kasallanishning jami 44 ta holati qayd etilgan, ammo keyinchalik bu variant “o‘z-o‘zidan erib ketgan”. 

Shuningdek, fevral oyida AQSHning Kaliforniya shtatida "alfa" shtammi Qo‘shma Shtatlarning g‘arbiy qirg‘og‘ida topilgan B.1.429 turi bilan birlashganidan keyin yana bir rekombinatsiya qayd etilgan. Biroq, oxir-oqibat, mutaxassislar ushbu shtamm bilan kasallanish holatlarining juda kam sonini aniqlagan. 

Ma’lumot o‘rnida, 26 noyabr kuni Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) Afrikaning janubida aniqlangan B.1.1.529 koronavirus shtammini yunoncha “omicron” harfi bilan belgiladi. U juda ko‘p mutatsiyalarga ega, ularning ba’zilari JSSTni tashvishga solmoqda. Dunyoning 70 dan ortiq mamlakatlarida allaqachon topilgan “omicron” shtammi boshqalarga qaraganda tezroq tarqalish imkoniyatiga ega.


Maqola muallifi

Teglar

omikron del'ta

Baholaganlar

37

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing