OMCT “Krokus”dagi teraktda gumonlanuvchilarni qiynoqlarga solinishini qoraladi

Olam

image

Qiynoqlarga qarshi Butunjahon tashkiloti (OMCT) “Krokus Siti Holl”dagi teraktda gumonlanuvchilarni hibsga olish usullari va ularni Rossiya rasmiylari tomonidan qiynoqlarga solinishini qoraladi. Bu haqda “Asia-Plus” nashri xabar berdi.

Qayd etish kerak, ushbu munosabat Tojikiston Tashqi ishlar vazirligi bayonotidan so‘ng paydo bo‘ldi.

“22 mart kuni Moskvada sodir etilgan teraktni tergov qilishda Rossiya Federatsiyasi huquqni muhofaza qilish idoralari xalqaro huquq normalari va tamoyillariga hamda huquqiy talablarga, ayniqsa, aybsizlik prezumpsiyasi, hibsga olinganlarga nisbatan qiynoqlar va shafqatsiz muomalalarni taqiqlashga amal qilishi kerak", deydi Tojikiston Tashqi ishlar vaziri Sirojiddin Muhriddin.

Advokatlarning fikricha, hibsga olish vaqtida Rossiya qonunchiligi va xalqaro konvensiyalar buzilgan va Tojikiston o‘z fuqarolarining xorijdagi huquqlarini himoya qilishi kerak.

Eslatib o‘tamiz, 22 mart kuni Moskva viloyatidagi “Krokus Siti Holl”ning konsert zalida bir guruh qurollangan shaxslar otishma boshlagan, keyin esa o‘t qo‘ygan. ISHIDning "Viloyat Xuroson" nomli yacheykasi hujum uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga oldi. Rossiya rasmiylari terakt ortida Ukraina turganini da’vo qilmoqda.

24 mart kuni to‘rt nafar asosiy gumonlanuvchi (Dalerjon Mirzoyev, Rajabalizod Saidakrami Murodali, Shamsidin Fariduni va Muhammadsobir Fayzov)ni 22 mayga qadar qamoqda saqlash haqida sud qarori chiqqandi. Keyinchalik Dilovar va Aminxon Islomovlar hamda ularning otasi Isroil Islomov 25 mart kuni, teraktdan uch kun o‘tib hibsga olingan edi. Tergovchilarning aytishicha, Islomovlar dastlab qo‘lga olingan 4 nafar gumonlanuvchiga mashina va uy-joy bilan yordam bergan. Keyinchalik terakt ishtirokchilariga kvartirani ijaraga berganlikda ayblanayotgan Qirg‘izistonda tug‘ilgan Rossiya fuqarosi Alisher Qosimov ham hibsga olindi. Aprel oyi boshida Rossiya Federal xavfsizlik xizmati xodimlari Moskva, Yekaterinburg va Omsk shaharlarida “Krokus Siti Holl”dagi teraktga aloqadorlikda gumon qilingan yana uch nafar shaxsni qo‘lga oldi

Keyinchalik Moskva viloyatidagi “Krokus” konsert zalida sodir bo‘lgan terakt ishiga aloqador 2003 yilda Tojikistonning Parhor shahrida tug‘ilgan Jumaxon Begijonovich Qurbonov qo‘lga olingandi. Moskvaning Basmanniy sudi uni ham 22 maygacha hibsga oldi.

 


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made