Ombudsman Nukus voqealari ortidan qamalgan Dauletmurat Tajimuratov bilan uchrashdi
3-sahifa
−
11 yanvar
11475Joriy yilning 5 yanvar kuni Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili hamda uning huzuridagi Qiynoq holatlarini aniqlash va ularning oldini olish bo‘yicha Jamoatchilik guruhlari a’zolari Navoiy shahrida joylashgan 11-son jazoni ijro etish koloniyasiga bordi, deya xabar berdi Ombudsman axborot xizmati.
“Jamoatchilik guruhlari a’zolari tarkibida nodavlat notijorat tashkilotlari, jumladan, "Yuksalish" harakati va "Huquqiy tayanch" NNT raislari ishtirok etib, muassasadagi sharoitlar bilan tanishishdi”, deyiladi manbada.
Mahkumlarning saqlanish sharoitini o‘rganish mobaynida mutasaddilar 2020 yilning 1-2 iyul kunlari Qoraqalpog‘iston Respublikasida sodir bo‘lgan tartibsizliklar ortidan 16 yilga ozodlikdan mahrum etilgan Dauletmurat Tajimuratov bilan ham uchrashgan.
Suhbat davomida Tajimuratov koloniyadagi sharoitlar Ombudsman tomonidan o‘tkazilayotgan monitoring tashriflari natijasida yaxshilanib borilayotganini, oziq-ovqat ta’minoti yaxshiligi, qiynoq yoki tazyiq o‘tkazish holatlari mavjud emasligi, davolash-profilaktika yordamini ko‘rsatish bo‘limi tomonidan tibbiy yordam kerak bo‘lgan vaqtda yordam ko‘rsatilayotganligini ma’lum qilgan.
Qo‘shimcha qilinishicha, koloniya rahbariyati bilan o‘tkazilgan suhbatlarga va amalga oshirilgan o‘rganishlarga ko‘ra, Tajimuratov qonunchilikda belgilangan tartibda jazo muddatini o‘tamoqda.
Ma’lumot uchun, 2023 yilning 6 may kuni Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman) va uning huzuridagi jamoatchilik guruhlari vakillari tomonidan Toshkent viloyati Zangiota tumanidagi 1-son Tergov hibsxonasiga monitoring tashrifi amalga oshirilganda Tajimuratov hibsxona xodimlariga nisbatan ayrim e’tirozlarini bildirib o‘tgan edi.
Eslatib o‘tamiz, kecha, 9 yanvar kuni Qozog‘istonning Mang‘istau viloyatidagi qoraqalpoq diasporasi lideri Niyetbay Urazbayev Olmaotadagi shifoxonalardan birida yurak xurujidan vafot etgani haqida ma’lum qilgandik. U davlat tuzumiga tajovuz qilgani uchun davlatlararo qidiruvga berilib, O‘zbekistonda sirtdan qamalgandi.
LiveBarchasi