Nukus voqealarida ayblangan Tajimuratov hibsxona xodimlariga nisbatan e’tiroz bildirdi – Ombudsman

Jamiyat

image

Kecha, 6 may kuni Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman) va uning huzuridagi jamoatchilik guruhlari vakillari tomonidan Toshkent viloyati Zangiota tumanidagi 1-son Tergov hibsxonasiga monitoring tashrifi amalga oshirildi. Bu haqda Ombudsman axborot xizmati xabar berdi. 

Ma’lum qilinishicha, monitoring tashrifi davomida hibsxonada saqlanayotgan shaxslarning Jinoyat-ijroiya kodeksi va “Jinoyat ishini yuritish chog‘ida qamoqda saqlash to‘g‘risida”gi qonunda belgilangan huquq va manfaatlari ta’minlanayotgani o‘rganilgan.

O‘rganish davomida hibsxonada bir qator kamchiliklar mavjudligi, jumladan, ayrim kameralarda sanitariya-gigiyena holati talab darajasida emasligi, saqlanayotgan shaxslarga sayr uchun yetarli vaqt berilmayotgani hamda tibbiy xizmat ko‘rsatish bo‘yicha ayrim e’tirozlar bildirilgan.

Ma’lumki, 2022 yil 1-2 iyul kunlari Nukus shahridagi ommaviy tartibsizliklarni sodir etganlikda ayblangan 22 nafar shaxsga nisbatan Oliy sudning Jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’atida jinoyat ishi apellyatsiya tartibida ko‘rib chiqilmoqda. Shu bois, 22 nafar ayblanuvchidan qamoq ehtiyot chorasi tanlanganlari ushbu hibsxonada saqlanmoqda.

Monitoring tashrifi davomida ushbu ayblanuvchilar saqlanayotgan kameralarga, xususan Dauletmurat Tajimuratov saqlanayotgan kameraga ham tashrif buyurilib, ular bilan jamoaviy va yakka tartibda holi tarzda suhbatlar o‘tkazilgan. 

“Unda hibsxonadagi saqlash sharoitlari va oziq-ovqat ta’minotidan e’tirozlari yo‘qligini ma’lum qilishdi. D.Tajimuratov ham advokati va himoyachisi bilan uchrashuvlarga ruxsat berilayotganini, biroq hibsxona xodimlari unga huquq va majburiyatlarini yetarli darajada tushuntirishmaganliklari, shu bois hibsxona xodimlariga nisbatan ayrim e’tirozlarini bildirib o‘tdi”, deyiladi xabarda.

Olingan ma’lumotlarga ko‘ra va ko‘zdan kechirilgan hujjatlarga asosan Tajimuratov 1-son Tergov hibsxonasiga olib kelinganidan so‘ng tashrif kuniga qadar himoyachisi, ya’ni ukasi Renat Tajimuratov bilan 7 marotaba va advokati Sergey Mayorov bilan 2 marotaba holi tarzda uchrashgan.

Eslatib o‘tamiz, 2022 yil 1-2 iyul kunlari Nukus shahridagi ommaviy tartibsizliklarni sodir etganlikda ayblangan Davletmurat Tajimuratov 16 yilga ozodlikdan mahrum etilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Ombudsman hibsxona Tajimuratov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing