Ombudsman BMT ekspertlarining Dauletmurat Tajimuratov haqidagi bayonotiga javob berdi

Jamiyat

image

9 noyabr kuni BMT rasmiy saytida “BMT ekspertlari: O‘zbekiston ozchiliklar huquqlari himoyachilarini ta’qib qilishni to‘xtatishi kerak” nomli xabar e’lon qilindi. Unda mustaqil ekspertlar Dauletmurat Tajimuratovning ahvolidan chuqur xavotirda ekanliklari va qamoqxonada unga nisbatan tahdid, haqorat va g‘ayriinsoniy munosabatda bo‘linayotganini bildirgan. 

Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman) ushbu xabarga munosabat bildirdi.

Munosabatda keltirilishicha, komissiya a’zolari Xorazm viloyatining Urganch shahridagi 11-son tergov hibsxonasiga ham tashrif buyurib, u yerda saqlanayotgan shaxslar sharoitlarini o‘rgangan va Dauletmurat Tajimuratov bilan ham uchrashgan. Uchrashuvda Tajimuratov unga nisbatan tergov harakatlari davomida va tergov hibsxonasida hech qanday qiynoq, bosim yoki tazyiqlar bo‘lmagani, ovqatlarning sifati va hibsxonadagi boshqa sharoitlar bo‘yicha hech qanday e’tirozi yo‘qligini aytgan.

Shuningdek, Tajimuratov advokat bilan ta’minlanganini va u bilan uchrashishida hech qanday qarshiliklar yo‘qligini qo‘shimcha qilib, oila a’zolari bilan ham qisqa muddatli uchrashuv o‘tkazilayotgani hamda posilka va yo‘qlovlar olayotganini ma’lum qilgan.

"Yuqoridagi kabi masalalar yuzasidan munosabat bildirayotgan barcha mustaqil ekspertlar, xalqaro tashkilotlar va OAVdan e’lon qilayotgan chaqiruv va postlarini tayyorlashda rasmiy ma’lumotlar va asoslantirilgan faktlarga tayanishlarini so‘raymiz”, deyiladi bu haqdagi munosabatda.

Eslatib o‘tamiz,  Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili va uning huzuridagi jamoatchilik guruhi vakillari yopiq muassasalarga amalga oshirilgan monitoring tashriflari davomida Tajimuratov bilan 2023 yilning 6 may kuni u Toshkent viloyati, Zangiota tumanidagi 1-son Tergov hibsxonasida saqlanganda va 9 sentyabr kuni Navoiy viloyatidagi 11-son jazoni ijro etish koloniyasida jazo muddatini o‘tayotgan paytida ham uchrashgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Ombudsman Dauletmurat Tajimuratov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing