Oltin narxi rekord darajada ko‘tarildi
Olam
−
20 Sentabr
8516Bugun, 20 sentyabr kuni birjada oltin narxi yana bir rekord o‘rnatdi. Toshkent vaqti bilan soat 17:12 holatiga ko‘ra, Chikago tovar birjasida oltinning dekabrdagi shartnomasi narxi unsiya uchun 2640,4 dollarga yetdi.
Ma’lumot uchun, 20 avgust kuni oltinning dekabr fyucherslari (sotuvchi va xaridor o‘rtasidagi qonuniy shartnoma) narxi bir troya unsiyasi uchun 2570 dollardan oshgan. Umuman olganda, yil boshidan buyon qimmatbaho metallar hosilasi narxi 26 foizga ko‘tarilib, boshqa tovar aktivlarini ortda qoldirgan.
Iyun oyida o‘tkazilgan tadqiqotga ko‘ra, oltin xavfsiz aktiv sifatidagi obro‘si tufayli iqtisodiy va geosiyosiy beqarorlik sharoitida an’anaviy ravishda qadri oshadi. Qimmatbaho metallning boshqa investitsiya vositalari bilan past korrelyatsiyasi uni samarali sug‘urta aktiviga aylantiradi.
Tahlilchilarga ko‘ra, 2024 yilning ikkinchi yarmida oltinning o‘rtacha narxi unsiya uchun 2500 dollardan yuqori narxda qolishi kutilmoqda. 6-18 oy ichida esa 3000 dollargacha ko‘tarilishi mumkin. Qimmatbaho metallning o‘rtacha narxi joriy 2024 yil oxirida unsiya uchun 2350, 2025 yilda esa 2875 dollarni tashkil qiladi.