Oltin vasvasasi. Kondagi halokat 38 kishining yostig‘ini quritdi

Olam

image

Sudanning G‘arbiy Kordofan provinsiyasida ishlamaydigan oltin konining qulashi oqibatida o‘nlab odamlar halok bo‘ldi. Bu haqda mamlakat Mineral resurslar kompaniyasi xabar bermoqda.

Sudan Mineral resurslar kompaniyasi matbuot kotibi Ismoil Tissou bugun, 29 dekabr kuni matbuotga bergan xabarida, Darsaya koni qulashi oqibatida kamida 38 kishi halok bo‘lganini ma’lum qilgan. Bundan oldinroq qurbonlar soni 31 kishiga yetgani aytilgan edi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu ham hali aniq raqamlar emas.

Mahalliy matbuotning ma’lum qilishicha, halok bo‘lganlardan tashqari, yana kamida 8 kishi jiddiy jarohat olgan.

Mineral resurslar kompaniyasi e’lon qilgan suratlarda qidiruv qutqaruv ishlari olib borilayotgani va halok bo‘lganlarni dafn etish uchun tayyorgarlik ko‘rilayotgani aks etgan.

Kompaniyaning xabar berishicha, kon xavfsizlik talablariga javob bermay qolganligi sababli yopilib qo‘riqchilar nazorati ostida bo‘lgan. Ammo qo‘riqlash xizmati xodimlari ketgan paytda mahalliy konchilar guruhi o‘zboshimchalik qilib kondan oltin qazib olishga uringan. 

Shu o‘rinda, Sudan bo‘ylab konlarda baxtsiz hodisalar tez-tez sodir bo‘lib turadi. Bu, mamlakatdagi konlarning aksariyati xavfsizlik talablariga javob bermasligi bilan bog‘liq.

 

Behruz Saidov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Sudan Kon

Baholaganlar

175

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing