“Oltin to‘p”: Yilning eng yaxshi yosh futbolchisi sovriniga nomzodlar e’lon qilindi

Sport

image

2026 yilgi “Oltin to‘p” marosimi doirasida yilning eng yaxshi yosh talanti sovriniga nomzodlar ro‘yxati ma’lum qilindi. Bu haqda tashkilot rasmiy sahifasi xabar berdi.

2026 yilning eng yaxshi yosh futbolchisi bo‘lish uchun nominatsiyada quyidagi 10 nafar futbolchi g‘oliblik uchun kurash olib boradi:

  • Kerim Alaybegovich (Bosniya va Gersegovina)
  • Ayyub Buaaddi (Marokash)
  • Pau Kubarsi (Ispaniya)
  • Yan Diomande (Kot-d’Ivuar)
  • Lennart Karl (Germaniya)
  • Eli Junior Krupi (Fransiya)
  • Lamin Yamal (Ispaniya)
  • Yoxan Manzambi (Shveysariya)
  • Ibrohim Maza (Jazoir)
  • Uorren Zair-Emeri (Fransiya)

Nomzodlar orasida “Barselona” va Ispaniya terma jamoasi hujumchisi Lamin Yamal, kataloniyaliklarning himoyachisi Pau Kubarsi, shuningdek, “Pari Sen-Jermen” yarim himoyachisi Uorren Zair-Emeri kabi yosh yulduzlar bor.

Shuningdek, “Bavariya” futbolchisi Lennart Karl, “Real Madrid” vakillari Yan Diomande hamda boshqa iste’dodli futbolchilar ham sovrin uchun da’vogarlar safidan joy olgan.
2025 yilgi ushbu sovrin “Pari Sen-Jermen” hujumchisi Dezire Due qo‘lga kiritgan edi.

Ma’lumot uchun, 2026 yilgi “Oltin to‘p” marosimi joriy yilning 26 oktyabr kuni Londonda o‘tkaziladi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing