“Oltin to‘p” uchun kurashda kim yetakchi? (reyting)

Sport

image

Buyuk Britaniyaning “Goal” nashri “Oltin to‘p” uchun nomzodlarning yangilangan ro‘yxatini e’lon qildi

Unga ko‘ra, argentinalik futbolchi Lionel Messi birinchi, norvegiyalik Erling Holand ikkinchi va fransiyalik Kilian Mbappe uchunchi o‘rindan joy olgan.

Fransiyalik futbolchi Karim Benzemaning bir yil avvalgi muvaffaqiyati 2023 yilgi “Oltin to‘p” poygasiga start yasab berdi. Biroq bu mavsumda uning ishi unchalik yurishmadi. U hozirda reytingning 12-pog‘onasini band qilib turibdi.

Dunyo futbolidagi o‘ziga xos figuralardan biri hisoblangan portugaliyalik Krishtianu Ronaldu esa bu mavsumdagi raqobatning dastlabki yigirmataligiga ham yaqinlasha olmagan.

“Oltin to‘p” uchun kurash olib borilayotgan top-20 talik quyida keltirilgan:

  1. Lionel Messi (“PSJ”, “Inter Mayami”ga o‘tdi);
  2. Erling Holand (“Manchester Siti”);
  3. Kilian Mbappe (“PSJ”);
  4. Vinisius Junior (“Real”);
  5. Kevin de Bryuyne (“Manchester Siti”);
  6. Rodri (“Manchester Siti”);
  7. Ilkay Gundo‘g‘an (“Manchester Siti”, “Barselona”ga o‘tdi);
  8. Viktor Osimhen (“Napoli”);
  9. Robert Levandovski (“Barselona”);
  10. Xulian Alvares (”Manchester Siti”);
  11. Bernardu Silva (“Manchester Siti”);
  12. Karim Benzema (“Real”, “Al-Ittihod”ga o‘tdi);
  13. Xvicha Kvarasxeliya (“Napoli”);
  14. Markus Reshford (“Manchester Yunayted”);
  15. Jud Bellingem (“Borussiya D”, “Real”ga o‘tdi);
  16. Lautaro Martines (“Inter”);
  17. Bukayo Saka (“Arsenal”);
  18. Jon Stounz (“Manchester Siti”);
  19. Jek Grilish (”Manchester Siti”);
  20. Kazemiro (“Manchester Yunayted”).

Maqola muallifi

Teglar

Messi Oltin to'p Mbappe Holand

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made