“Oltin töp” uçun kuraşda Keyn va Mbappe örtasidagi oçko farqi ma’lum böldi
Sport
−
12:57 944 2 daqiqa
“Oltin töp” uçun ovoz beriş natijalariga köra, “Bavariya” va Angliya terma jamoasi hujumçisi Harri Keyn hamda “Real” va Fransiya terma jamoasi forvardi Kilian Mbappe örtasidagi farq 40 oçkoni taşkil etadi. Bu haqda AS naşri xabar berdi.
Naşr talqiniga köra, Keyn 2025-2026 yilgi mavsumning eng yaxşi futbolçisi deb topilgan.
Taqqoslaş uçun, 2024 yilda “Mançester Siti” yarim himoyaçisi Rodri va “Real” hujumçisi Vinisius Junior örtasidagi farq 41 oçko bölgan. 2025 yilda esa PSJ vingeri Usmon Dembele 1380 oçko töplab, sovrinni qölga kiritgan. Ikkinçi örinni egallagan “Barselona” yarim himoyaçisi Lamin Yamal undan 321 oçko ortda qolgan.
2026 yilgi reytingda uçinçi örinni Lamin Yamal egallagan. Şuningdek, kuçli önlikdan Rodri, Lionel Messi, Xviça Kvaratsxeliya, Usmon Dembele, Erling Holand, Maykl Olise va Fabian Ruis ham joy olgan.
Ma’lumot uçun, “Oltin töp” uçun ovoz berişda har bir jurnalist nomzodlar röyxatidan 10 nafar futbolçini tanlab, ularni ustuvorlik tartibida joylaştiradi. Birinçi öringa qöyilgan futbolçiga 15 oçko, ikkinçi örindagisiga 13 oçko, uçinçi örindagisiga 11 oçko, törtinçi örindagisiga 8 oçko va beşinçi örindagisiga 7 oçko tartibida 10 örindagi futboliga 1 oçko beradi. Barça ovozlar jamlangaç, eng köp oçko töplagan futbolçi sovrin sohibi böladi.
Live
Barchasi27 Oktyabr