“Oltin to‘p” reyting ballari sizdirildi. Dembele yetakchi

Sport

image

Har yili bo‘lgani kabi joriy yilda ham “Oltin to‘p” (Ballon d'Or) sovrindorlari reyting ballari internetga sizib ketdi. Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan ma’lumotlarga ko‘ra, PSJ hujumchisi Usmon Dembele eng yuqori – 630 ball bilan ro‘yxatda peshqadamlik qilmoqda.

Ikkinchi o‘rinda esa “Barselona” klubi iqtidorli futbolchisi Lamin Yamal 573 ball bilan qayd etilgan. Qolgan nomzodlarning ballari hozircha ommaga oshkor etilmagan.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yili ham shunga o‘xshash reyting ro‘yxati internetda tarqalgan edi. O‘sha paytda hamma ma’lumotlar aniqdek tuyulgandi, biroq yakunda sovrin Rodriga nasib etgan.

Shuningdek, Lamin Yamal “France Football”  tomonidan beriladigan “Kopa Trophy” – eng yaxshi yosh futbolchi mukofotiga ham da’vogarlar ro‘yxatida turibdi. Bu esa uning joriy mavsumdagi yorqin o‘yinini yana bir bor tasdiqlaydi.

Hozircha “Oltin to‘p”ning rasmiy natijalari e’lon qilinmagan bo‘lib, mukofot topshirish marosimi yaqin haftalarda o‘tkazilishi kutilmoqda.

Jahongir Boltaboyev


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Barselona PSJ Oltin to'p Usmon Dembele France Football Lamin Yamal Kopa Trophy

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing