“Oltin to‘p”ni Vinisius oladi – manba

Sport

image

“Real”ning braziliyalik hujumchisi Vinisius Junior “Oltin to‘p”ning yangi egasiga aylanadi. Bu haqda “Marca” xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, futbolchi bu haqda allaqachon xabardor qilingan. Nike kompaniyasi Vinicius uchun maxsus oltin butsalar tayyorlashni boshlab yuborgan.

2023/24 yilgi mavsumda Vinicius “Real Madrid” bilan Ispaniya chempionligi, Yevropa Chempionlar ligasi va Yevropa Superkubogida g‘olib chiqdi. 49 uchrashuvda hujumchi 26 ta gol urdi va 13 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

“Oltin to‘p” 28 oktyabr kuni Parijda bo‘lib o‘tadigan tantanali marosimda topshiriladi.


Maqola muallifi

Teglar

Real Oltin to'p Vinisius Junior

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing