“Oltin to‘p”ni orzu qilaman – Karim Benzema
Sport
−
16 may 2022 3634 1 daqiqa
Ispaniyaning “Real Madrid” jamoasi forvardi Karim Benzema joriy mavsumda Fransiya tashqarisida to‘p tepadigan eng yaxshi fransuz futbolchisi, deb topildi.
Karim Benzema ushbu sovrinni qo‘lga kiritganidan xursand ekanligini va “Oltin to‘p” ham uning orzusi ekinligini aytgan. Bu haqda Benzemaning so‘zlariga tayanib, “RMC Sport” nashri xabar berdi.
“Men Fransiya tashqarisidagi eng yaxshi futbolchi sifatida e’tirof etilganimdan xursandman. Bu sovrin faxrlanish uchun sabab bo‘la oladi. Bu sovrinni qo‘lga kiritish qiyin, chunki Fransiyada yaxshi o‘yinchilar ko‘p. Hamma orzu qilgan hujumchiga aylandimmi? Menimcha ha. Statistika men uchun eng muhim narsa emas. Har doim jamoamga gol urishga yordam berishga harakat qilaman. Albatta, men “Oltin to‘p”ni orzu qilaman, lekin jamoa manfaatini o‘zimdan ustun qo‘ysam, unga erisha olmayman”, degan “Real Madrid” hujumchisi.
Ma’lumot o‘rnida, 34 yoshli hujumchi La liganing 31 o‘yinida 27 gol urgan holda, Ispaniya chempionatining eng yaxshi to‘p urari bo‘lib turibdi. Eng yaqin ta’qibchisi bo‘lgan “Selta” hujumchisi Iago Aspas hisobida esa 35 uchrashuvda 18 ta gol mavjud.
Ma’ruf Abdumalikov
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025