“Oltin to‘p”ni bolaligimdan buyon orzu qilaman – Benzema
Sport
−
09 Oktabr 2021
2400“Real” hujumchisi Karim Benzema 2021 yilda “Oltin to‘p” sovrinini qo‘lga kiritishga umid qilmoqda. Bu haqda uning o‘zi aytib o‘tdi.
“Bolaligimdan “Oltin to‘p”ni qo‘lga kiritishni orzu qilaman. Bu ko‘pchilik futbolchilarning orzusi. Futbol jamoaviy o‘yin, bu to‘g‘ri, lekin har qanday futbolchi jamoasiga g‘alaba qozonishda, yordam bersa-da, “Oltin to‘p”ni qo‘lga kiritishga intilishi tabiiy. Men bu sovrinni qo‘lga kiritish uchun bor kuchimni sarflayman. Umid qilamanki, qachondir bolalikdagi orzum amalga oshadi”, deydi Benzema.
Eslatib o‘tamiz, Karim Benzema Yevro-2020 musobaqasidan avval 6 yillik tanaffusdan so‘ng, Fransiya terma jamoasiga qaytarilgandi. Hujumchi unga qadar “uch ranglilar” tarkibida 2015 yilning oktyabr oyida Armanistonga qarshi o‘yinda maydonga tushgandi.
Ma’lumot uchun, Benzema “Real Madrid” libosida 569 ta o‘yin o‘tkazgan. Bu muddat ichida u 269 ta gol urib, 151 golli uzatmani amalga oshirgan. Futbolchining klub bilan amaldagi shartnomasi 2023 yilning yozigacha amal qiladi.