“Oltin to‘p”: Lev Yashin sovrini uchun nomzodlar e’lon qilindi

Sport

image

2026 yilgi “Oltin to‘p” marosimida yilning eng yaxshi darvozaboniga beriladigan Lev Yashin sovrini uchun nomzodlar ma’lum qilindi. Bu haqda tashkilot rasmiy sahifasi xabar berdi.

Ushbu nominatsiyada quyidagi 10 nafar darvozabon g‘oliblik uchun kurashadi:

  • Yassin Bunu (Marokash);
  • Tibo Kurtua (Belgiya);
  • Joan Garsiya (Ispaniya);
  • Gregor Kobel (Shveysariya);
  • Emiliano Martines (Argentina);
  • Eduar Mendi (Senegal);
  • David Rayya (Ispaniya);
  • Matvey Safonov (Rossiya);
  • Unay Simon (Ispaniya);
  • Vozinya (Kabo-Verde).

Nomzodlar ro‘yxatiga Jahon chempionatida Ispaniya bilan g‘olib bo‘lgan Unay Simon, Argentina terma jamoasi bilan finalga qadar yetib borgan Emiliano Martines, turnirda katta mashhurlikka erishgan Vozinya, shuningdek, “Real Madrid” darvozaboni Tibo Kurtua kabi tajribali darvozabonlar kiritilgan.

Ayni nominatsiyada g‘olibni xalqaro futbol jurnalistlaridan iborat hakamlar hay’ati aniqlaydi. Har bir ovoz beruvchi uch nafar darvozabonni tanlab, ularga 5, 3 va 1 balldan beradi. Eng ko‘p ochko jamg‘argan futbolchi sovrin sohibi bo‘ladi.

Ma’lumot uchun, 2026 yilgi “Oltin to‘p” marosimi joriy yilning 26 oktyabr kuni Londonda o‘tkaziladi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing