“Oltin to‘p”ga ovoz berish natijalari internetga sizdirildi

Sport

image

Ispaniyaning "Real Madrid" klubi hujumchisi Karim Benzema 2022 yilgi "Oltin to‘p"ning ovoz berish natijalariga ko‘ra, g‘oliblikni qo‘lga kiritgan bo‘lishi mumkin. Bu haqda ""Sports Brief" nashri xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, kuchli uchlikka "Liverpul" hujumchisi Muhammad Saloh va "Bavariya" vingeri Sadio Mane ham kiritilgan.

Shuningdek, "Oltin to‘p"ning besh karra sohibi Krishtianu Ronaldu bor-yo‘g‘i 1 ta ovoz to‘plagan. Son Xyon Min va Joau Kanselu umuman ovoz olmagan.

Aniqlik kiritish kerakki, bu natijalar "Oltin to‘p" ta’sischisi "France Football"ga tegishli emas. Biroq mana shunday shov-shuvlarga fransuz nashrining o‘zi ham sababchi bo‘lishi mumkin. Boisi rasmiy sovrinni topshirish oldidan qancha shovqin-suron ko‘p bo‘lsa, "Oltin to‘p" marosimiga bo‘lgan qiziqish yanada ortadi.

Ma’lumot uchun, "Oltin to‘p"ni topshirish marosimi joriy yilning 17 oktyabr kuni bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan. Shubhasiz, Benzema asosiy favorit hisoblandi.


Maqola muallifi

Teglar

Karim Benzema "Oltin to'p"

Baholaganlar

143

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing