Oltiariqda o‘lim bilan yakun topgan YTH sodir bo‘ldi

Jamiyat

image

Farg‘ona viloyati Oltiariq tumanida Nexia-2 rusumli avtomobil va piyoda ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi Axborot xizmati ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, Oltiariq tumanida 4 iyun kuni fuqaro S.D. boshqaruvidagi Nexia-2 rusumli avtomashinasini Burbonliq ko‘chasida boshqarib ketayotib, qatnov qismini piyoda kesib o‘tayotgan voyaga yetmagan T.I.ni urib yuborgan. Oqibatda T.I. shifoxonada vafot etgan.

Holat yuzasidan Oltiariq tumani IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 266 moddasi 2 qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

"Yo‘l harakati qoidalariga amal qiling. Yo‘l harakati qoidalariga amal qilmaslik orqali o‘zingiz va boshqalar sog‘lig‘iga shikast yetkazishingiz mumkinligini esdan chiqarmang", deyiladi boshqarma xabarida

Avvalroq, 3 ta yuk mashinasi ishtirokida katta YTH sodir bo‘lgani va unda 3 nafar odam halok bo‘lgani haqida xabar bergan edik.


Maqola muallifi

Teglar

YTH

Baholaganlar

74

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing