Olti oyda banklar orqali qancha naqd pul aylangan?

Jamiyat

image

Joriy yilning yanvar-iyun oylarida banklar orqali naqd pul aylanmasi 316,3 trln so‘mni tashkil etib, 2021 yilning mos davriga nisbatan 36,4 foizga oshdi. Bu haqda Markaziy bank tomonidan e’lon qilingan “Naqd pul muomalasi bo‘yicha qisqacha sharh”da keltirilgan.

2022 yilning dastlabki olti oyida bank kassalariga jami naqd pul tushumlari o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 32 foizga oshgan bo‘lsa, savdo va xizmatlar sohasidan tushumlar 25 foizga (14,3 trln so‘m) va bank xizmatlaridan naqd pul tushumlari 53,4 foizga (17,6 trln so‘m) oshgan. 

6 oyda savdo va xizmatlar sohasidan jami tushumlar 114,7 trln so‘mni tashkil qilib, shundan, 62,5 foizi (71,7 trln so‘m) naqd shaklda, 37,5 foizi (43 trln so‘m) terminallar orqali bank hisobraqamlariga kirim qilingan.

Yanvar-iyun oylarida bank kassalaridan (shu jumladan, bankomatlardan) berilgan naqd pullar 2021 yilning mos davriga nisbatan 40,8 foizga (47,5 trln so‘m) oshishi kuzatilgan bo‘lsa, ushbu o‘sishning asosiy qismi bank kartalaridan naqd pul yechish hajmi 22,2 trln so‘mga (52,7 foiz) hamda banklar tomonidan naqd chet el valyutasini sotib olish uchun 13,6 trln so‘m (43,7 foiz) oshishi hisobiga yuzaga kelgan.

Shuningdek, joriy yilning birinchi yarim yilligida bank kartalariga kirim qilingan mablag‘lar o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 80,6 foizga (102,3 trln so‘mga) oshib, 229,2 trln so‘mni tashkil qilgan.

Ushbu mablag‘larning:

•  80,1 trln so‘mi — pensiya, nafaqa va ish xaqi to‘lovlari; 
•  67,9 trln so‘mi — xalqaro pul o‘tkazmalar bo‘yicha  va kartadan kartaga o‘tkazmalar;
•  47,1 trln so‘mi — naqd pulda va omonat hisobvaraqlardan bank kartalariga kirim qilingan mablag‘lar hissasiga to‘g‘ri kelgan.

Ushbu davrda bank kartalaridagi 64,3 trln so‘mlik (28,1 foiz) mablag‘lar aholi tomonidan naqdlashtirib olingan.

Shundan, bankomatlar orqali 50,4 trln so‘mlik va bank kassalari orqali 13,9 trln so‘mlik naqd pullar yechilgan.


Maqola muallifi

Teglar

pul

Baholaganlar

51

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing