Olti davlat Ukrainaga yana qurol yetkazib berilishini e’lon qildi

Olam

image

Bugun, 17 noyabr kuni onlayn tarzda o‘tkazilgan Ukraina mudofaasi bo‘yicha (“Ramshtayn” formati deb ataladigan) aloqa guruhining bir qator a’zo davlatlari Kiyevga yana qurol-yarog‘ yetkazib berilishini e’lon qildi.

“Germaniya yalpi reaktiv hujum tizimlari uchun zenit qurollari, artilleriya va o‘q-dorilarni yetkazib berishni davom ettirdi. Gretsiya muhim 155 millimetrli artilleriya snaryadlari yetkazib berilishini e’lon qildi”, deydi AQSH Mudofaa vaziri Lloyd Ostin.

Kanada, o‘z navbatida, Kiyevga 34 million dollar miqdorida yordam beradi. Xususan, gap harbiylar uchun qishki jihozlar, dronlar uchun kameralar, sun’iy yo‘ldosh tasvirlari haqida bormoqda. Qayd etilishicha, Kanada “qishki jihozlarning eng yirik donorlaridan biri bo‘lib qolmoqda”.

Shvetsiya Ukrainaga havo hujumidan mudofaa tizimlari bilan birga 287 million yevro miqdorida harbiy yordam beradi. Ispaniya ularga ikkita qo‘shimcha Hawk zenit-raketa kompleksi va raketalarini topshiradi. Bundan tashqari, Polsha qo‘shimcha artilleriya va tankga qarshi qurollar hamda qisqa masofali havo hujumidan mudofaa tizimlarini yetkazib berishga va’da berdi.

“Ushbu yordamning barchasi muhim ahamiyatga ega bo‘ladi, xuddi Aloqa guruhi yordamida xavfsizlik yordamimizni muvofiqlashtirish kabi”, deya xulosa qildi Pentagon rahbari. 


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya-Ukraina urushi Ukrainaga bosqin

Baholaganlar

320

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing