Olti davlat Markaziy Osiyo o‘yinlarini tiklashga qaror qildi
Sport
−
02 mart 2020
4292O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Afg‘oniston va Eron milliy olimpiya qo‘mitalarining bosh kotiblari Nur-Sulton shahrida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda Markaziy Osiyo o‘yinlarini yana o‘tkazishga kelishib olishdi. Bu haqda Qozog‘iston Milliy olimpiya qo‘mitasi axborot xizmati xabar bermoqda.
Navbatdagi Markaziy Osiyo o‘yinlari 2021 yilda o‘tkazish rejalashtirilyapti. Tomonlar qaysi sport musobaqalari dasturga kiritilishi va musobaqalar muddati haqida kelishib olishlari kerak bo‘ladi. Musobaqalar dasturida an’anaviy sport turlari bo‘lishi ham mumkinligi aytilgan.
Markaziy Osiyo o‘yinlarining birinchisi 1995 yil sentyabr oyida Toshkentda so‘nggisi maotaba esa 2003 yil Dushanbeda o‘tkazilgan edi.
LiveBarchasi