Olmazordagi yong‘inga nima sabab bo‘lgani aytildi
3-sahifa
−
16 avgust
4496Kecha, 15 avgust kuni Toshkent shahar Olmazor tumani Sag‘bon ko‘chasida yong‘in sodir bo‘lgani haqida xabar berilgandi. Ushbu yong‘in yosh bolalarning gugurt bilan o‘ynashi oqibatida kelib chiqqani ma’lum bo‘ldi. Bu haqda “Toshkent shahar elektr tarmoqlari” MCHJ axborot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, 278-sonli quvvati 630 kVa bo‘lgan transformator budkasi atrofida aholi tomonidan to‘plangan chiqindi uyumida yong‘in kelib chiqqan. Oqibatda chiquvchi kabel tarmog‘ida ham yong‘in kelib chiqqan va 80 ga yaqin xonadon elektr quvvatisiz qolgan.
O‘rganishlarga ko‘ra, yong‘in sodir bo‘lgan hududda kuzatuv kameralaridan olingan videoda yosh bolalarning gugurt bilan o‘ynashi oqibatida ushbu holat kelib chiqqani aniqlangan.
“Shu o‘rinda ota-onalardan yosh bolalarni qarovsiz qoldirmaslikka hamda aholidan elektr qurilmalarining muhofaza hududlarida turli xil tez yonuvchan buyumlarni yig‘masliklarini so‘rab qolamiz”, deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahar, Yashnobod tumani, “O‘rta-Masjid” mahallasida yong‘in sodir bo‘lgandi.
LiveBarchasi